00:54 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Peshexodnыy perexod v Tashkente

Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qoʻlga olindi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
229 0 0

Haydovchi 21 yoshli piyodani urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan. Natijada fuqaro olgan jarohat tufayli halok boʻlgan.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Qashqardaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qoʻlga olindi.

IIV xabariga koʻra, 25 may kuni nomaʼlum haydovchi Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumani hududidan oʻtuvchi avtomagistral yoʻlining 16-km.da 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan.

Natijada D.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan edi.

“Koʻrilgan choralar natijasida ushbu yoʻl-transport hodisasini Yakkabogʻ tumani Jiyda qishlogʻi, Jiyda MFYda yashovchi 33 yoshli B.H. oʻzining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular