20:57 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Kareta skoroy pomoщi

Istanbulda ikki oʻzbekistonlik vafot etdi

© Sputnik / Viktoriya Viatris
Hodisalar
Havola olish
406 0 0

26 yashar fuqaroning sogʻligi u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Istanbulda Oʻzbekistonning ikki nafar fuqarosi vafot etdi.

TIV xabariga koʻra, 27 iyun kuni Istanbul shahrida (Turkiya) 1993 yil 22 mayda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Akmal Ravshanovich Mamirjanov vafot etgan. A.Mamirjanovning sogʻligi u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 30 iyun kuni Istanbul shahrida velosipeddan yiqilish natijasida boshidan jarohatlanishi oqibatida 1967-yil 5-fevralda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova ham vafot etgan.

Bosh konsulxona qayd etilgan holatlarni nazoratga olgan va vatandoshlarning jasadlarini dafn etish uchun vatanga joʻnatish borasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatgan.

Konsullik-huquqiy departament marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.

Asosiy mavzular