13:56 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Bezuprechnaya rabota spasateley MCHS spasla jizni 24 chelovek

Samarqanddagi orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaroga yordam koʻrsatildi

MCHS Uzbekistana
Hodisalar
Havola olish
366 0 0

Samarqand viloyatida 24 nafar mahalliy fuqarolar oʻzlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga daryoni kechib oʻtishgan. Ammo, suv sathi koʻtarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni boʻlmagan.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Samarqand viloyati Toyloq tumanida bir guruh fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatildi.

FVV xabariga koʻra, 2019 yilning 4 iyul kuni soat Samarqand viloyati vazirlik navbatchilik xizmatiga telefon orqali Toyloq tumani “Zarafshon” mahallasi “Mirzapolvon” qishlogʻida yashovchi fuqaro H.A. murojaat qilib yordam soʻragan.

Maʼlum boʻlishicha, 3 iyul kuni Zarafshon mahallasi Mirzapolvon qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi qismida joylashgan, oʻzlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga 24 nafar mahalliy fuqarolar daryoni kechib oʻtishgan. Ammo, suv sathi koʻtarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni boʻlmagan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligida jami 4 nafar harbiy xizmatchi va 6 nafar qutqaruvchilar zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishgan.

Xabarda maʼlum qilinishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqarolar tan jarohatisiz maxsus kichik xajmli kemada qirgʻoqqa olib oʻtilgan.

Asosiy mavzular