08:32 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Polesskiy radiatsionno-ekologicheskiy zapovednik v Belorussii

Samarqandda 9 yoshli bola it tishlashidan vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Zalesskiy
Hodisalar
Havola olish
470 0 0

2010 yilda tugʻilgan bolakayni nomaʼlum oq rangli kichkina it uyi oldida oʻng qoʻl bilak sohasini yuzaki tirnab, tan jarohati yetkazgan. 23 kun oʻtib bolada qutirish belgilari aniqlanadi.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Samarqandda 9 yoshli bola it tishlashidan vafot etdi.

Oʻzbekiston SSV xabariga koʻra, Respublika davlat sanitariya epidemiologiya markazi epidemilogik surishtiruv ishlarini olib borgan.

Maʼlum boʻlishicha, 4 iyun kuni Samarqand tuman, “Ravanak” mahallasida istiqomat qiluvchi 2010 yilda tugʻilgan K.M.ni nomaʼlum oq rangli kichkina it uyi oldida oʻng qoʻl bilak sohasini yuzaki tirnab, tan jarohati yetkazgan. Holatdan xabar topgan bemorning onasi unga zudlik bilan mahalliy usulda xoʻjalik kir sovuni bilan jarohat joyini yuvib, tibbiyot etil spirti yordamida birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Ammo uning ota-onalari jarohatga loqaydlik bilan qarab, profilaktika maqsadida tez tibbiy yordamga yoki hududga yaqin boʻlgan davolash muassasiga murojaat etmagan.

Natijada oradan qariyb 23 kun oʻtib bolada tana haroratining koʻtarilishi, bir necha marotaba qayt qilish, suv ichganda yutina olmaslik, tez-tez sovuq qotish hamda kuchli diareya belgilari kuzatila boshlangan. Ertasi kuni ushbu alomatlar yanada zoʻrayib, bemor ahvoli ogʻirlashib qolgan. 29 iyun kuni Samarqand tuman markaziy poliklinikasi infektsionisti tomonidan tekshirilganda, unda qutirish belgilari aniqlanadi va u shu zahotiyoq tez tibbiy yordam mashinasida viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga yuboriladi.

U yerda bolaga shifoxona maslahat guruhi tomonidan nomaʼlum itdan jarohat olganligi sabab qutirish kasalligi belgilari bilan “A 82.0 ga gumon” tashxisi qoʻyilgan.

Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining bir guruh malakali mutaxassislari tomonidan bemor uchun barcha zarur davo choralari qoʻllanilgan. Ammo shifokorlarning shuncha urinishlariga qaramay, jarohatga loqaydlik bilan munosabatda boʻlinganligi va ogʻir darajaga kelib qolganligi sabab bemor hayoti saqlab qolinmagan.

“Ayni paytda M.K.ning patologoanotomik organlaridan namuna olinib, ixtisoslashgan laboratoriyada tekshiruvlar oʻtkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Xabarda viloyat “Ravanak” mahallasi aholisi nazoratga olingani va zarur tadbirlar belgilangani qayd etilgan. Natijada, hudud aholisi va hayvonlar oʻrtasida kasallik belgilari aniqlanmagan.

Asosiy mavzular