TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Joriy yilning 2-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi masjidlarning biridan velosiped oʻgʻirlab ketilgani aks etgan video keng tarqaldi. Ushbu holat Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Maʼlum boʻldiki, 24 iyun kuni Andijon shahrida yashovchi M.O. ariza bilan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan va bir kun oldin "Xoliq berdi boy" jomʼye masjidi oldida u peshin namozini oʻqish bilan band boʻlgan bir vaqtda, oʻziga tegishli velosipedni notanish shaxs olib ketgani yuzasidan shikoyat qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.O.ga tegishli boʻlgan velosiped tez orada "Xoliq berdi boy" jomʼye masjidiga tashlab ketilgani aniqlangan.