08:09 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vrach vыxodit iz operatsionnoy

Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlariga hayfsan eʼlon qilindi

Sputnik / Aleksandr Kryajev
Hodisalar
Havola olish
647 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida bir bemorning boshqa bemor tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Qashqadaryo viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yuz bergan holat yuzasidan axborot berdi.  

kulak, arxivnoye foto
© sputnik Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov

Xabarga koʻra, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida bemor boshqa bemor tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar tarqalgan. Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari vaziyatni joyiga chiqib oʻrgandilar.

Maʼlum boʻlishicha, viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasida 2019-yil 20-iyun kuni 95 nafar bemor davolanishda boʻlgan. Kaltaklangan bemor ham shu kuni shifoxonaga qabul qilingan. Bemor shifoxonaga kelgan kunida unda agressiv holat kuchli boʻlgan. Ertasiga, yaʼni 21 iyun kuni ertalab taxminan soat 4-5 oraligʻida ham uning ahvoli hali u qadar yengillamagan boʻlgan. Sababi, bajarilgan tibbiy muolajalar taʼsir etishi uchun muayyan muddat vaqt talab etiladi. Shu bois, M.T. kichik tibbiy xodim kuzatuvida hojatxonaga borganda u yerdagi ikki nafar bemorga tajovuz qilgan, bemorlar esa uni doʻpposlagan. Shovqin-suronni eshitgan tibbiyot xodimlari ularni tezlik bilan ajratishgan.

“Shuni aytish joizki, viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga oʻziga oʻzi xizmat qila oladigan bemorlar qabul qilinadi. Shu bois, kichik tibbiy xodimlar ularni faqat hojatxona tashqarisida kuzatib turadi. Biroq, shifoxonaga ruhiy qoʻzgʻalish holatida kelgan bemorlar tomonidan shifoxona xodimlariga va bir-biriga jarohat yetkazish holatlari uchrab turadi.

Bunday muammolarning oldini olish uchun shifoxona xodimlari hushyor va ogoh boʻlishi lozim. Shu bois, yuqoridagi holat kelib chiqishida nazoratni boʻshashtirgan tibbiy xodimlarga nisbatan hayfsan eʼlon qilindi. Ushbu holat takrorlanmasligi uchun shifoxona xodimlarining masʼulligini oshirish, shifoxonada nazoratni kuchaytirish borasidagi asosiy vazifalar uqtirildi”, - deyilgan xabarda.  

Oʻrganishlar davomida bemorning onasi qizini Koson tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yetkazish uchun “tez yordam” mashinasi haydovchisiga 50 ming soʻm pul bergani tasdigʻini topmadi. Bemor shifoxonaga “tez yordam” mashinasida emas, tibbiy xizmat mashinasida olib kelingan. Tibbiy xizmat mashinasi haydovchisi tushuntirish xatida bemorning onasidan pul olmaganini, keltirilgan vajlar unga nisbatan tuhmat ekanini qayd etdi.

Asosiy mavzular