12:59 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Grudnoy rebenok na rukax

Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

CC0 / Unsplash / Wes Hicks
Hodisalar
Havola olish
459 0 0

Bosh prokuratura Denov tumanida yuz bergan holat yuzasidan axborot berdi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 02.07.2019 yil soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 y.t.) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Xabibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tugʻib, hojatxona ichiga tashlab ketgan.

Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yigʻisini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular