12:31 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kolyuchaya provoloka

Tojikistonda 14 nafar mahbus nondan zaharlanib vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Hodisalar
Havola olish
208 0 0

Tojikistonda 14 nafar mahbus nondan zaharlanib oʻldi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Tojikistonda roʻy bergan ommaviy zaharlanish oqibatida 14 nafar mahbus hayotdan koʻz yumdi.

8 iyul kuni uchta maxsus mashinada 128 nafar (120 erkak, 8 ayol) mahbus Tojikiston shimolidagi jazoni oʻtash muassasalaridan Dushanbe, Nurek va Yavandagi qamoqxonalarga yuborilgan.

Dushanbega yaqinlashganda mahbuslardan biri 16 nafar mahbuslar non tarqatadi. Non isteʼmolidan soʻng ular oʻzini yomon his etadi va poytaxtga kelganda behush holatga tushadi.

Shifokorlar faqat ikki nafar mahbusni qutqarishga muvaffaq boʻldi. Qolgan 114 nafar mahbus belgilangan qamoqxonalarga yetkazildi.

Tojikiston bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.

Asosiy mavzular