16:32 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Milliy gvardiya xodimlari toʻrt odamni yongʻindan olib chiqdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Hodisalar
Havola olish
194 0 0

Harbiy-texnik institut kursantlari olov ichidan hushini yoʻqotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroni olib chiqdi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Harbiy-texnik institut kursantlari Javohir Hasanov va Suxrobjon Elmurodov oʻz xizmat vaqtida olov ichidan hushini yoʻqotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroni olib chiqqan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimi Dadaxon Xoʻjayev Kogon tumanidagi “Bibi Orifa” masjidi hovlisida joylashgan hovuzga oyogʻi sirpanib tushib ketib choʻkayotgan bolani qutqarib qolganini ham bildirgan.

“Xizmatdoshlariga namuna koʻrsatgan qahramonlar Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan munosib ragʻbatlantirildi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular