TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Toshkentning Laylitugun koʻchasida sodir boʻlgan YTHda birvarakayiga 4ta avtomobil shikastlandi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Banklardan biriga tegishli boʻlgan Damas xizmat avtomobili katta tezlikda harakatlanayotib yoʻldan qayrilib olish uchun toʻxtagan Ravon Nexia avtomobilni koʻrib qoladi va keskin oʻng tomonga buraydi.
Keskin manyovr natijasida Avtomobil yoʻldan chiqib ariqqa tushib ketadi va yoʻl chetida turgan Spark avtomobiliga borib uriladi. Spark esa nariroqda turgan Nexiaga borib uriladi.

Voqea joyiga yetib kelgan YPX inspektorlari birlamchi koʻrikdan soʻng ushbu toʻrt avtomobillarning barchasi yoʻl-harakati xavfsizligi qoidalarini buzganini qayd etishdi:
Damas - tezlikni oshirgan, masofa saqlamagan;
Ravon Nexia – ruxsat berilmagan joyda qayrilib olmoqchi boʻlgan;
Yoʻl chetida turgan Spark va Nexia – trotuarda parkovka qilingan boʻlgan.
Ayni damda YPX inspetktorlari ushbu hodisada aybdorni aniqlashmoqda.