17:50 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Noj v ruke

Chilonzorda 28 yoshli erkak pichoqlab oʻldirildi – Bosh prokuratura

© CC0 / Pixabay
Hodisalar
Havola olish
342 0 0

Ikki fuqaro mehmonchilikka borishgan. U yerda ular spirtli ichimliklar isteʼmol qilishgan.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Chilonzor tumanida sodir etilgan qotillik fosh etilganini maʼlum qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, 7 iyul kuni fuqarolar YU.M (1976 y.t., erkak) va A.G.lar (1991 y.t., erkak) Chilonzor tumani, 8-mavzeda joylashgan xonadonlarning biriga mehmonga borishgan. U yerda spirtli ichimliklar isteʼmol qilishgan.

8 iyul kuni soat 06:00 larda oʻrtalarida kelib chiqqan janjal natijasida YU.M. fuqaro A.G.ning koʻkrak qafasiga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, uni qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchiga nisbatan Oʻzbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qotil tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Asosiy mavzular