Toshkent viloyatida bolalar uyga o‘t qo‘yib yuborishdi

© GUPB MChS Respubliki UzbekistanMChS soobshilo podrobnosti pojara v Andijane
MChS soobshilo podrobnosti pojara v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida uyning 90 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Toshkent viloyatida bolalar sho‘xligi yong‘inga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston DOXX xabariga ko‘ra, 9-iyul kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Yangi hayot” MFY Yangi hayot ko‘chasi 16-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida tuman YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Stali izvestni prichini pojara v novostroykax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi yangi qurilayotgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in sabablari ma’lum qilindi

Voqea joyiga yetib borgan 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida uyning 300 kv.metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Shuningdek, yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Yong‘in oqibatida uyning 90 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan.

“Hodisaning taxminiy kelib chiqish sababi bolalar sho‘xligi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0