00:48 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Kanal Anxor v Tashkente

Milliy gvardiya xodimi koʻprikdan oʻzini tashlamoqchi boʻlgan ayolning hayotini saqlab qoldi

© Flickr / Francisco Anzola
Hodisalar
Havola olish
151 0 0

27 yoshli ayol turmush oʻrtogʻi bilan oilaviy janjallar sababli oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Milliy gvardiya xodimi koʻprikdan oʻzini tashlamoqchi boʻlgan ayolning hayotini saqlab qoldi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar qilishicha, 9 iyul kuni soat 21:40 atrofida “Qoʻyliq” dehqon bozori yonidagi koʻprik ustidan oʻzini tashlab, joniga qasd qilmoqchi boʻlgan ayolni koʻrib befarq boʻlmagan aholining saʼy-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi oʻz vaqtida yetib kelgan.

“Yordamga oshiqqan ayrim fuqarolarning toʻxtab turishga majbur qilgan qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayolning hayotini saqlab qoldi”, - deyiladi xabarda.

Shundan soʻng fuqaro hudud IIB boʻlinmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan. 

Suhbat natijasida 27 yoshli ayol turmush oʻrtogʻi bilan oilaviy janjallar sababli oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlganligi maʼlum boʻldi. Hozirda fuqaroga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassilar jalb qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Harbiy-texnik institut kursantlari oʻz xizmat vaqtida olov ichidan hushini yoʻqotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroni olib chiqqani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular