Jizzaxda YXHB inspektorini kaltaklagan fuqaro qo‘lga olindi

© SputnikInspektor Gai ostanovil dlya proverki avtomobil
Inspektor Gai ostanovil dlya proverki avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro YXHB xodimining pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Jizzaxda YXHB inspektoriga tan jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar qildi.

Milliy gvardiya xodimi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayotini saqlab qoldi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 7-iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, “Eski shahar dehqon bozori” hududida xizmat vazifasini bajarib, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda, shu yerdan o‘tib borayotgan fuqaro S.N. (1988 y.t.) mast holatda, IIB YXHB xodimlarini oldiga kelib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.N. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0