00:54 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kupyurы amerikanskix dollarov.

“Dollar operatsiyasi”: Qozogʻistonga naqd valyuta olib chiqmoqchi boʻlgan fuqarolar toʻxtatildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Hodisalar
Havola olish
34910

Toshkent viloyatidagi bojxona postlari orqali 30 ming AQSH dollaridan ortiq naqd xorijiy valyutalarni olib oʻtishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan bojxona postlari orqali 30 ming AQSH dollaridan ortiq naqd xorijiy valyutalarni olib oʻtishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postidan qoʻshni mamlakatga piyoda ravishda chiqib ketayotgan fuqaro X.D. bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda egnidagi kurtkasining choʻntagida ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 10 000 AQSH dollarini yashirganligi aniqlandi.

Ushbu post xodimlarida shubha uygʻotgan yana bir fuqaro R.E. xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda egnidagi shimining choʻntagida ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 10 000 AQSH dollarini yashirganligi fosh qilindi.

"“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatga oʻtish uchun piyoda holda kirib kelgan fuqaro I.D.ning noqonuniy xarakatlariga chek qoʻyildi. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, egnidagi shimining choʻntagida ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 6600 AQSH dollarini yashirganligi aniqlandi", - deyilgan xabarda.

“Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni davlatga oʻtish maqsadida ushbu postga kirib kelgan fuqaro K.O. boshqaruvidagi “Volvo fh 13.460” rusumli yuk avtoulovi bojxona  koʻrigidan oʻtkazilganda, avtomashina kabinasida ogʻzaki soʻrovda aytilmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 3500 AQSH dollari yashirilgani maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular