18:46 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Pojar na gruzovom avtomobile stal prichinoy tragedii

“KAMAZ” tirkamasida yongan somon bir kishining umriga zomin boʻldi

GUPB MCHS Respubliki Uzbekistan
Hodisalar
Havola olish
301 0 0

Qashqadaryoda yuk avtomobili tirkamasida yonayotgan somonni oʻchirishga uringan yoʻlovchilardan biri kuyish tan jarohatini oldi, ikkinchisi esa tirkamadan bosh qismi bilan yerga yiqilib, voqea joyida vafot etdi.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida yuk avtomobili tirkamasida yongan somon katta fojiaga sabab boʻldi.

DYOXX xabariga koʻra, 10 iyul Shahrisabz tumani “Shakarteri” MFY, Shovkan qishlogʻidan oʻtuvchi yoʻldan harakatlanib ketayotgan “KAMAZ” rusumli yuk avtomobili tirkamasida somon yonayotganligi haqida tuman YOXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari yuborilgan. Boʻlinmalarning tezkor harakatlari natijasida yongʻin bartaraf etilgan va  yongʻindan yuk avtomobili hamda unga ortilgan 400 dona somon gʻarami (press) asrab qolingan.

“Yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining yetib kelguniga qadar yongʻinni oʻchirishga uringan ikki yoʻlovchilardan biri fuqaro SH.E. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan, ikkinchi fuqaro N.Z. esa tirkamadan bosh qismi bilan yerga yiqilib, joyida vafot etgani maʼlum boʻlgan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda yongʻinning taxminiy kelib chiqish sababi yuk avtomobili va tirkamasiga ortilgan somon presslarining ustki qismi elektr sim yogʻochning simlariga tegishidan hosil boʻlgan qisqa tutashuv natijasi ekanini qayd etilgan.

Hozirda yongʻin holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular