19:29 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Metro v Tashkente

“Paxtakor” metro bekatida keksa ayol temir yoʻl izlariga yiqilib tushdi

© Facebook/Kamil Yenikeyev
Hodisalar
Havola olish
161 0 0

Fuqaro metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Bugun, 11 iyul kuni taxminan soat 16:00 da “Paxtakor” metro bekatida 1961 yilda tugʻilgan fuqaro K.V. temir yoʻl izlariga yiqilib tushgan.

Stantsiya metro Mustakillik Maydoni (Ploщad Nezavisimosti) v Tashkente
© Sputnik / Vsevolod Tarasevich

“Toshkent metropoliteni” UK xabariga koʻra, stantsiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari oqibatida keksa ayol platformaga hech qanday jarohatlarsiz olib chiqilgan. U oʻzini metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini taʼkidlagan.

Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga taʼsir koʻrsatmagan.

Toshkent metropoliteni” Oʻzbekiston sinoptiklarining ogohlantirishlarini hisobga olgan holda, yoʻlovchilardan ehtiyot boʻlishini va organizmning haddan tashqari qizib ketishiga kerakli choralar koʻrishlarini soʻragan.

Asosiy mavzular