07:01 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Qozogʻistondagi YTH oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

© Fotolia / Jan H. Andersen
Hodisalar
Havola olish
210 0 0

Qiziloʻrda viloyati Janaqoʻrgʻon tumanidagi avtomobil yoʻlida ichida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan VAZ-2107 avtomashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra 2019 yil 11 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyati Janaqoʻrgʻon tumanidagi avtomobil yoʻlida ichida ikki nafar oʻzbekistonlik boʻlgan VAZ-2107 avtomashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

YTH oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi SH.D. vafot etdi, ikkinchi fuqaro M.K.ga birinchi zarur tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng kasalxonaga yotishga zarurati yoʻqligi maʼlum qilindi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Asosiy mavzular