19:41 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
V Tashkente zagorelsya avtokran, voditel pogib na meste

Toshkentda avtokran yonib ketdi, haydovchi voqea joyida halok boʻldi

Telegram-kanal
Hodisalar
Havola olish
729 0 0

Sergeli tumanidagi 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran alanga oldi.

TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Sergelida tumanidagi qurilishda yuz bergan yongʻinda bir kishi halok boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.

“12.07.2019 yil kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 12:34 oʻchirilgan. Yongʻin joyiga 2 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan”, - deyiladi xabarda.

Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan.

Yongʻin avtokran oʻqini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir boʻlgani taxmin qilinmoqda.

Hozirda yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryoda “KAMAZ” tirkamasida yongan somon bir kishining umriga zomin boʻlgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular