“Qo‘yliq” bozori oldida pichoqbozlik sodir bo‘ldi

© kaluganewsMujchina s nojom
Mujchina s nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonlik fuqaro Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Bektemir tumani “Qo‘yliq” dehqon bozorining markaziy kirish yo‘lagida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda IIV xabar qildi.

Yana pichoqbozlik: Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshini pichoqladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 15-iyul kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro “Qo‘yliq” bozorining markaziy kirish yo‘lagida o‘zaro janjal tufayli Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli T.F.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada T.F. kasalxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0