06:09 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
476 0 0

Taxiatosh IESining 3tadan 2ta energobloki favqulodda toʻxtatildi. Xorazm va Qorqalpogʻiston birnecha tumanlari elektr taʼminotidan uzildi.  

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Bugun, 18 iyul kuni ertalab Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida yuz bergan favqulodda vaziyat tufayli IESning ikki energiya bloki toʻxtatildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oʻzbekiston Energetika vazirligiga asosan.

“Bugun soat 10:43 da taxiatosh IESining birinichi energoblokida texnik himoya ishlab ketishi natijasida toʻxtatildi. 12 soniyadan soʻng ikkinchi energoblokda va turbogeneratorlardan birida ham himoya tizimi ishlab ketdi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Hozirgi vaqtda ushbu holatning sabablari oʻrganilmoqda.Energiya bloklarni ishga tushirish imkoniyati qidirilmoqda.

Xabarda aytilishiga koʻra, IES toʻxtashi oqibatida Xorazm ivloyatining bir necha tumanlarida va Qoraqalpogʻistonda energiya taʼminot tizimi uzilgan.

Eslatib oʻtamiz, Taxitosh IESining quvvati 730 MVt. Elektr stantsiyasi tarkibida 3ta energoblok va uchta terbogenerator ishlaydi. IES Oʻzbekiston gʻarbini elektr toki bilan taʼminlaydi.

Ushbu IESni zamonaviylashtirish boʻyicha oʻtkazilgan tenderni 2016 yilda Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi yutib chiqqandi. Umumiy qiymati 700 million dollar boʻlgan rekonstruktsiya ishlari 2021 yilgacha moʻljallangan.

Asosiy mavzular