Xovosda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

© pixabayMashina posle DTP. Illyustrativnoe foto
Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xovosdagi yirik YTH oqibatida kishi halok bo‘ldi, yana kishi esa kasalxonada qolmoqda.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatida yirik YTH sodir bo‘ldi.

IIV xabariga ko‘ra, Xovos tumanida 18-iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini “Zomin-Toshkent” yo‘lining 122-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda ag‘darilgan avtobusni Spark haydovchisi siqqan – YTH tafsilotlari

“Natijada haydovchi D.R. jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli T.V. kasalxonada vafot etganlar hamda yana 2 nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Lacetti haydovchisi uxlab qolib, ko‘cha yoritgichi ustuniga borib urilishi  natijasida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0