O‘zbekiston fuqarosi Antalyada halok bo‘ldi

© Sputnik / Viktoriya ViatrisKareta skoroy pomoshi
Kareta skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi jasadi Antalyadan Istambulga olib kelingan va bugun "Istambul-Toshkent" yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 18-iyul kuni Antalyada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

"Fuqaro Z.X. yo‘lni kesib o‘tayotganda motosikl tomonidan urib yuborilgan va voqea joyida vafot etgan", - deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

"Hamurtimizning jasadi Antalyadan Istambulga olib kelindi va bugun "Istambul-Toshkent" yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi", - deyilgan xabarda.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Iroq va Janubiy Afrika Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Anqara shahridagi respublika Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46.

Yangiliklar lentasi
0