05:25 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vzrыv na gazoprovode

Oʻzbekiston – Xitoy gaz quvurida yongʻin sodir boʻldi

© Sputnik / Maksim Avdeyev
Hodisalar
Havola olish
95900

Oʻzbekiston - Xitoy gaz quvurining Buxorodan oʻtgan qismida avariya sodir boʻldi.

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Oʻtgan tunda Oʻzbekistondan Xitoyga gaz yetkazib beruvchi gaz quvuri shikastlanishi oqibatida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda “Oʻztransgaz”  matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, yongʻin “Gazli  - Chimkent” gaz quvurining 76 kilometrida, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidan oʻtgan qismida mahalliy vaqt bilan soat 21:50da sodir boʻlgan. Ayni damda yongʻin oʻt oʻchirish xizmati kuchlari hamda gaz quvuri ekspluatatsiyasini taʼminlovchi xodimlar tomonidan oʻchirilgan. Qurbonlar va jabr koʻrganlar yoʻq. Gaz quvurini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu avariyaning aniq sababi hozircha xabar qilinmagan. Gaz uzatish 23 iyuldan qayta tiklanishi xabar qilingan.

Qoʻshimcha maʼlumot: FVV xabariga koʻra, yongʻin quvur ulangan joyining yorilishi oqibatida sodir boʻlgan. 

Asosiy mavzular