07:53 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Krupnыy pojar vspыxnul na rыnke Chorsu v Namangane

Namangan bozorining non rastasi yonib ketdi

Upravleniye pojarnoy bezopasnosti Namanganskoy oblasti
Hodisalar
Havola olish
337 0 0

Namangan bozorida yuz bergan yongʻinda bozor va unga qoʻshni boʻlgan doʻkonlarning 800 m kv. tomi yonib ketdi.

TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Oʻtgan tunda Namangan shahridagi “Chorsu” bozori hududida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda Daryo.

Krupnыy pojar vspыxnul na rыnke Chorsu v Namangane
Upravleniye pojarnoy bezopasnosti Namanganskoy oblasti
Krupnыy pojar vspыxnul na rыnke Chorsu v Namangane

Namangan viloyati Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xabariga koʻra, 21 iyul kuni soat 01:38 da yongʻin haqida xabar qilingan. Oradan 4 daqiqa oʻtib, yongʻinni oʻchirish boʻlinmalari voqea joyiga yetib borgan.

Maʼlum boʻlishicha, bozorning non rastasi alanga olgan. Rastaning shift hamda tom qismidan 600 kvadrat metr joyi va jihozlar, bozor hududiga tutash “Zulayho sanoat savdo” MCHJga qarashli dorixona va uchta savdo doʻkonining shift, tom qismidan 200 kvadrat metr joyi jihozlari bilan, jami 800 kvadrat metr maydon yongan. Ushbu doʻkonlar atrofida boʻlgan “Moskvich-412” rusumli avtomobil ham yonib ketgan.

Soat 02:00lar atrofida yongʻin boʻlayotgan hudud qurshab olingan va 45 daqiqa ichida olov oʻchirilgan. Yongʻinni bartaraf etishda 12 ta ekipaj ishtirok etgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻqligi aytilmoqda. Yongʻinning kelib chiqish sabablari va koʻrilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular