16:13 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vzrыv v metro v Sankt-Peterburge

Sankt-Peterburgdagi uy tomida oʻzbekistonlikning jasadi topildi

© Sputnik / Viktoriya Viatris
Hodisalar
Havola olish
470 0 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻlimga elektr toki urishi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Sankt-Peterburgdagi uy tomida oʻzbekistonlikning jasadi topildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) bergan maʼlumotga koʻra 2019 yilning 19 iyul kuni mazkur shaharning Moskva tumanidagi uy tomida Oʻzbekiston fuqarosi U.A.ning jasadi topilgan.

“Politsiya oʻlimga elektr toki urishi sabab boʻlganini maʼlum qildi”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish va marhumning jasadini vatanga yuborishda yordam berish bilan shugʻullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildirgan va eslatib oʻtganki, Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin +7-965-029-41-49.

Asosiy mavzular