07:40 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Arenda velosipedov v Uzbekistane

Elchixona Janubiy Koreyada oʻzbekistonlik talabalar qoʻlga olinganini tasdiqladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
211 0 0

Avvalroq Janubiy Koreyada ikki nafar Oʻzbekiston va bir nafar Qirgʻiziston fuqarolari 34 ta velosiped oʻgʻirlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qoʻlga olingani toʻgʻrisidagi xabar qilingandi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonning Seul shahridagi (Koreya Respublikasi) elchixonasining konsullik boʻlimi chet ellik talabalar, jumladan, ikki nafar Oʻzbekiston fuqarolarining velosipedlar oʻgʻirlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qoʻlga olingani toʻgʻrisidagi OAVda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi.

“Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi TIV rasmiy xabarida.

Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa oʻrnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Janubiy Koreyada ikki nafar Oʻzbekiston va bir nafar Qirgʻiziston fuqarolari 34 ta velosiped oʻgʻirlagani aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Asosiy mavzular