16:05 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
265 0 0

Koreya huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qoʻzgʻatgan. Ayni damda politsiya tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.

TOSHKENT, 29 iyul – Sputnik. Jabuniy Koreyada Oʻzbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Mamlakatning Seul shahridagi Elchixonasi Konsullik boʻlimi bergan maʼlumotga koʻra, 26 iyul kuni Janubiy Koreyaning Chungnam provintsiyasida Oʻzbekiston fuqarosi N.YU.ning jasadi topilgan.

Koreya huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qoʻzgʻatgan. Ayni damda politsiya tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va hozirda marhumaning qarindoshlari bilan birgalikda jasadni vatanga joʻnatish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Koreya Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Asosiy mavzular