Moskva viloyatida 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qullikdan ozod qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishInostranniy rabochiy kurit
Inostranniy rabochiy kurit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 18 nafar o‘zbekistonlikni qullikda ushlab turishda gumon qilinuvchi shaxslar qo‘lga olindi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Moskva viloyatida 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qullikdan ozod qilindi. Bu haqda TIV xabar qildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi 18 nafar O‘zbekiston fuqarolarini qullikda ushlab turishda gumonlanuvchi shaxslar Moskva viloyati politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Ayni paytda jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mat i sin iz Tadjikistana derjali v rabstve uzbekistansev v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonlik ona va bola 4 nafar migrantni quldek ishlatdi

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish, jumladan jabrlangan yurtdoshlarga vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tganki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bransk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipesk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Orol viloyati, Razan viloyati, SMolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

Yangiliklar lentasi
0