23:55 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
478 0 0

Kyongbuk provintsiyasida yuzaga kelgan oʻzaro janjal oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. 2019 yil 1 avgustga oʻtar kechasi Kyongbuk provintsiyasida (Koreya Respublikasi) yuzaga kelgan oʻzaro janjal oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib Oʻzbekiston fuqarosi S.S. qoʻlga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

“Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini vatanga yuborish boʻyicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular