16:24 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
109 0 0

Soʻnggi kunlarda AQShning qator yirik shaharlarida tinch aholini bir qancha ommaviy oʻqqa tutish holatlari yuz berdi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. 5 avgust holatiga koʻra, Texas va Ogayo shtatlarida, shuningdek, Chikago shahrida sodir boʻlgan fojiali voqealar qurbonlari roʻyxatlarida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq, deya xabar qildi TIV.

Texas shtatining El-Paso shahrida otishma sodir boʻldi. OAV maʼlumotlariga koʻra, 20 kishi qurolli hujum qurboniga aylangan, yana 26 kishi jarohatlangan, 21 yoshli gumondor Patrik Kruzius hibsga olingan. Hozirda jinoyatning sabablari aniqlashtirilmoqda.

4 avgustga oʻtar kechasi Ogayo shtati Deyton shahrida ham otishma yuz berdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 10 kishi, jumladan hujumchining oʻzi vafot etgan. 27 kishi esa jabrlangan.

Shuningdek, otishma holati Illinoys shtatida Chikago shahrida ham qayd etildi. Jinoyatchi Chikago gʻarbidagi bogʻda mashinadan olomonga qarata oʻq uzgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 7 kishi turli darajada jarohat olgan.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval Shavkat Mirziyoyev El-Paso, Deyton va Chikago shaharlarida roʻy bergan fojeali voqealarda koʻplab insonlar halok boʻlgani va jabrlangani munosabati bilan Donald Trampga samimiy hamdardlik bildirgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular