Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda – foto

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil o‘g‘irlangan hududda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘g‘irlikka aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yuzlarini tasvirga olgan.

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlashga aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidirmoqda.

IIBB xabariga ko‘ra, 3-avgust kunidan 4-avgustga o‘tar tunda soat 3.05 da Mazda 3 rusumli oq rangli avtomobil (tugmali o‘t-oldirgichli) o‘g‘irlanganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, mashina shaharning boshqa chetida topilib, egasiga qaytarib berilgan.

Avtomobil o‘g‘irlangan hududda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘g‘irlikka aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yuzlarini tasvirga olgan.

© Press-slujba GUVD TashkentaGUVD Tashkenta raziskivayet dvoix mujchin, kotorie mogut bit prichastni k ugonu mashini
Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda – foto  - Sputnik O‘zbekiston
GUVD Tashkenta raziskivayet dvoix mujchin, kotorie mogut bit prichastni k ugonu mashini

“Shaxslarni yuzlaridan taniganlar 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 99-889-78-58 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Captiva avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0