22:08 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Znak avariynoy ostanovki

IIV Buxoroda agʻdarilib ketgan avtobus boʻyicha rasmiy axborot berdi

Pixabay
Hodisalar
Havola olish
353 0 0

Buxoroda avtobus ishtirokida sodir boʻlgan YTHda bir kishi halok boʻldi, 10 nafar yoʻlovchi kasalxonaga yotqizildi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. IIV Buxoroda agʻdarilib ketgan avtobus boʻyicha rasmiy axborot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 4 avgust kuni soat 18:30larda Buxoro viloyati, Jondor tumani hududidan oʻtgan A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 299-kilometrida, Qozogʻiston fuqarosi, Chimkent shahrida yashovchi A.R. Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobusini boshqarib borayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra rul boshqaruvini yoʻqotgan. Natijada avtobus yoʻl chetiga agʻdarilgan.

“Ushbu yoʻl-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yoʻlovchilardan biri voqea joyida halok boʻlgan. 10 nafar yoʻlovchi turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan”, - deyiladi xabarda.

Qozogʻiston fuqarosi A.R. boshqaruvidagi Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobus “Olmaota-Nukus” xalqaro yoʻnalishida yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirgan.

Hozirda mazkur yoʻl-transport hodisasining kelib chiqish sabablari oʻrganilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular