04:04 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
337 0 0

Toʻqnashuvdan soʻng “Lasetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib daraxtga urilgan.

TOSHKENT, 05 avg – Sputnik. Toshkentning Sergeli tumanida “Neksiya-2” va “Lasetti”  rusumli avtomobillar toʻqnashdi.

IIBB matbuot xizmatning xabar qilishicha, 4 avgust kuni taxminan soat 21.30 da Sergeli tumani Lutfkor koʻchasida “Neksiya-2” haydovchisi 21 yoshli E.J. 45 yoshli A.A. boshqarib borayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng “Lasetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib daraxtga urilgan.

YTH natijasida ikkala haydovchi ham tan jarohati olgan va tibbiy yordam soʻrab murojaat qilishgan.

Hozirda YTH sababi aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular