23:20 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Naruchniki

Toshkent viloyatida bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh fosh qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Hodisalar
Havola olish
571 0 0

Jinoiy guruh yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda oʻtkazishni vaʼda qilib, haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yoʻli bilan pora olib kelgan.

TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. “Yallama” chegara-bojxona posti orqali yuk avtotransportlaridan tamagirlik qilib kelgan jinoiy guruh fosh qilindi, deb xabar qildi Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.

Joriy yilning 5 avgust kuni Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi.

Jinoiy guruh aʼzolari yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda oʻtkazishni vaʼda qilib, avtotransport vositalari haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yoʻli bilan pora olib kelishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

“Davlat bojxona qoʻmitasi respublikamiz chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari haydovchilari va tashuvchilarni post orqali navbatsiz va tezkorlik bilan oʻtkazishni vaʼda qiluvchi firibgarlarning aldovlariga ishonmasliklarini soʻrab qoladi. Jinoyat ishining tergov natijalari haqida qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi”, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular