14:35 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Klyuchi v rukax. Illyustrativnoye foto

Fargʻonada fuqaro Rossiyada boʻlgan tanishining uyini sotib yubordi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
282 0 0

Uy jabrlanuvchiga ota-onasidan meros sifatida qoldirilgan boʻlgan. Firibgar tanishi Rossiyada boʻlganidan foydalanib, uyni boshqa bir shaxsga katta miqdordagi pulga sotgan.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Fargʻonada fuqaro Rossiyada boʻlgan tanishining uyini sotib yubordi.

IIV xabariga koʻra, 61 yoshli V.T. ota-onasi tomonidan meros sifatida qoldirilgan uyni tanishi sotib yuborganligi toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan.

Surishtiruv natijasida Toshloq tumanida yashovchi 42 yoshli S.YU. uning Rossiya davlatida boʻlganidan foydalanib, uyni 13000 dollarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va S.YU. qoʻlga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular