00:18 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
530 0 0

Xorazm viloyatidagi “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xoʻjaligining dala shiyponidagi molxonasida yongʻin sodir boʻldi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlogʻi “Jayxun” MFYda joylashgan “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xoʻjaligining dala shiyponidagi molxonasida yongʻin sodir boʻldi.

Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining tezkor harakatlari natijasida yongʻin bartaraf etilgan. Yongʻindan molxonaning 80 kv.metr maydoni va 5 bosh qora mol qutqarib qolingan.

“Yongʻin oqibatida molxonaning 40 kv.m maydonda tomi va u yerda saqlangan xashak yonib zararlangan, shuningdek 15 bosh qora mol va 2 ta qoʻy nobud boʻlgan”, - deyiladi DYOXX xabarida.

Tan jarohati olgan va halok boʻlgan fuqarolar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular