17:40 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
335 0 0

“Kosmonavtlar” stantsiyasida sodir boʻlgan holat boʻyicha maʼlumot berildi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati  “Kosmonavtlar” stantsiyasida sodir boʻlgan holat boʻyicha maʼlumot berdi.

"Bugun, 9 avgust kuni, soat 08:55 larda, Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” stantsiyasining ikkinchi yoʻl boʻylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga koʻra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo boʻlganida kolokaning oʻz-oʻzidan avtomatik toʻxtashiga olib keldi va tutun paydo boʻlishiga sabab boʻldi", - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, nosozlik 5 daqiqada bataraf etildi va bu holat Toshkent metropolitening poyezdlar harakati jadvaliga taʼsir etmadi.

Asosiy mavzular