Toshkentda 10-yil ilgari bedarak yo‘qolgan erkak qidirilmoqda - foto

© Flickr / Aleksandr ZykovMashina militsii v Tashkente
Mashina militsii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1977 yilda tug‘ilgan Rahmonov 2009-yil 29-avgust kuni “Matiz” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketgan.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda 10-yil ilgari bedarak yo‘qolgan Rahmonov Ikrom Axmadjonovichni qidirmoqda.

Toshkent IIBB xabarida qayd etilishicha, 1977-yilda tug‘ilgan Rahmonov 2009-yil 29-avgust kuni o‘zining davlat raqam belgisi 10 N 096 VA bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

© GUVD g. TashkentaGUVD g. Tashkenta prosit okazat sodeystvie v roziske propavshego bez vesti Raxmonova Ikroma Axmadjanovicha
Toshkentda 10-yil ilgari bedarak yo‘qolgan erkak qidirilmoqda - foto - Sputnik O‘zbekiston
GUVD g. Tashkenta prosit okazat sodeystvie v roziske propavshego bez vesti Raxmonova Ikroma Axmadjanovicha

Belgilari: oq futbolka va shorti kiygan.

U haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 19 yoshli yigit Captiva rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani va ayni damda qidirilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0