15:26 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Nasiliye v semye

Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik ayol oʻz vatandoshlari tomonidan zoʻrlandi

© Flickr /
Hodisalar
Havola olish
96311

Jabrlangan ayol koʻkrak qafasi va bosh miya yopiq jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.

TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik erkak doʻsti bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ayolni zoʻrladi, deb xabar qildi "Nevskiye novosti".  

Xabarda aytilishicha, 10 avgust kuni erta tongda Sankt-Peterburgda yashovchi fuqaro politsiyaga murojaat qilib, Buxarest koʻchasidagi uy oldida zoʻrlangan ayolni koʻrganini aytgan.

“Uchastka nozirining voqea joyida aniqlashicha, Dimitrova koʻchasidagi 17-uyning xonadonida 35 yoshli jabrlanuvchi ayolning xonadoshi va vatandoshi boʻlgan erkak oʻz doʻsti bilan uni navbat bilan zoʻrlagan”, - deyiladi xabarda.

Jabrlangan ayol tez yordamda shifoxonaga olib kelindi. Shifokorlar unga koʻkrak qafasi va bosh miya yopiq jarohati tashxisini qoʻydi.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular