03:07 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uzbekskiye denejnыe znaki - sum

Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi boʻlgan erkak yirik mablagʻidan ayrildi

© Sputnik / Stringer
Hodisalar
Havola olish
296 0 0

Poytaxtda firibgar ayol 41 yoshli erkakning ishonchiga kirib, uni chuv tushirdi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi boʻlgan erkak yirik mablagʻidan ayrildi.

IIBB xabariga koʻra, 41 yoshli A. murojaat qilib, oʻz arizasida 34 yoshli I.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Firibgar ayol unga 460 mln soʻmni bankdan "arzon" narxda – 7 000 soʻmdan hisoblab, 65.700 AQSH dollarini olib berishini vaʼda qilgan. Firibgarning soʻzlariga ishongan fuqaro unga 2019 yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 mln soʻm pulni berib yuborgan.

Internet-firibgarlar oʻzbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?

Biroq firibgar ayol vaʼdasida turmagan va pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston  JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular