04:05 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Tamojenniki obnarujili pistolet, spryatannыy pod sidenyem avtomashinы Cobalt

Bojxonachilar “Cobalt” mashinasi oʻrindigʻi ostida yashirilgan toʻpponchani topishdi

© Gosudarstvennыy tamojennыy komitet
Hodisalar
Havola olish
386 0 0

Bojxonachilar avtomashina oʻrindigʻi ostiga yashirilgan toʻppnochani olib kirishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi.

TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Bojxonachilar avtomashina oʻrindigʻi ostiga yashirilgan toʻppnochani olib kirishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona postida oʻzining qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda koʻzdan kechirliganida, avtomobilining orqa oʻrindigʻi tagiga 1 dona gazli pnevmatik toʻpponcha xufiyona tarzda yashirib qoʻyilganligi fosh boʻldi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri A.F. esa uyida saqlangan ov qurolini oʻz xohishi bilan bojxona organlariga  taqdim qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida aniqlangan bojxona qonunbuzilishi holatida esa xorijdan uchib kelgan yoʻlovchilardan biri V.S. 1 dona patronni “yashil” yoʻlak orqali olib kirishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular