07:23 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mashina skoroy pomoщi

SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv holatiga izoh berdi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
265 0 0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv aks etgan videoyozuv tarqaldi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv holatiga izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli boʻlmagan. Taʼkidlanishicha, hozirgi paytda poytaxtdagi 12 ta tez tibbiy yordam boʻlimlarida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi shtat rejimida tun-u kun ishlab turibdi va sutkasiga oʻrtacha 3 mingta murojaat boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda.

Dastlabki tekshiruvlarga koʻra, videoyozuvdagi xodimlar va mashina xususiy tibbiyot muassasasiga tegishli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi aniqlandi.

Xabarda vazirlik oʻz vakolati doirasida mazkur holatni oʻrganib, tegishli qatʼiy choralarni koʻrishi va bu haqda qoʻshimcha maʼlumotlar berishi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular