19:08 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Boleye 50 chelovek pogibli v zagorevshemsya avtobuse v Kazaxstane

Qozogʻistonda 52 nafar oʻzbekistonlik yonib ketgan avtobus egasiga hukm chiqarildi

Komitet po CHS MVD Kazaxstana
Hodisalar
Havola olish
Aqtoʻbe fojiasi: 52 oʻzbekistonlikning avtobus ichida yonib ketishi (51)
291 0 0

Orduxan Mextiyev fojiadan soʻng darhol qochib, Oʻzbekiston hududida tergovdan yashirinib yurgan. 2018 yil oxirida Toshkentda qoʻlga olingan va vataniga ekstraditsiya qilingan.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Qozogʻistonning Sariagʻash tuman sudi 2018 yilning boshida Aqtoʻbe viloyatida yongʻin tufayli 52 kishi halok boʻlgan avtobus egasi Orduxan Mextiyevga hukm chiqardi. 

Informburo.kz nashrining xabar qilishicha, Mextiyev uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hukm bilan Mextiyev jazo muddatini minimal xavfsizlikdagi jazoni ijro etish muassasasida oʻtashi belgilangan.

Aqtoʻbe fojiasi

Qozogʻiston Aqtoʻbe viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi boʻlgan avtobus yonib ketdi. Yongʻin oqibatida 52 kishi halok boʻldi – ularning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan. Besh nafar kishi, shu jumladan, qozogʻistonlik haydovchilar omon qoldi.

2018 yil noyabrida Qozogʻiston Aqtoʻbe sudi uch nafar avtobus haydovchisiga hukm chiqardi. Ularga 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Transport kompaniyasining taʼsischisi va mexanigi 3,5 yil ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, halok boʻlgan 52 nafar oʻzbekistonlikning oila aʼzolariga 2 million tenge miqdorida tovon puli toʻlashi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Orduxan Mextiyev 2018 yil yanvarida fojiadan soʻng Mextiyev darhol qochib, Oʻzbekiston hududida tergovdan yashirinib yurgan. Shu bois xalqaro qidiruvga berilgan. 2018 yil oxirida Mextiyev Oʻzbekiston huquq tartibot organlari tomonidan qoʻlga olingan va Qozogʻiston tomoni soʻroviga asosan Chimkentga ekstraditsiya qilingan.

Mavzu:
Aqtoʻbe fojiasi: 52 oʻzbekistonlikning avtobus ichida yonib ketishi (51)

Asosiy mavzular