12:39 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Ikki toshkentlik uyini nashazorga aylantirdi

© Sputnik / Ilya Xludenev
Hodisalar
Havola olish
498 0 0

Toshkentda uyida hind nashasini yetishtirayotgan ikki fuqaro aniqlandi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkentda uyida hind nashasini yetishtirayotgan ikki fuqaro aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB  matbuot xizmati xabariga koʻra, Shayxontoxur tumanida yashovchi 45 yoshli Baxrom S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari boʻlgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotganimaʼlum boʻlgan. Uning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha oʻsimligini aniqlashdi.

Mazkur fakt boʻyicha Oʻzbekiston JKning 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, 11 avgust kuni jinoyat ishi yuzasidan oʻtkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli Tohir A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari boʻlgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlangan.  

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston JKning  276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular