03:22 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dvoye osujdennыx, kotorыm smertnaya kazn zamenena pojiznennыm zaklyucheniyem

Xoʻjand koloniyasidagi isyon tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Hodisalar
Havola olish
224 0 0

Tojikistonning Xoʻjand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada 2018 yil 8 noyabrda mahbuslar isyon koʻtardi. Isyon oqibatida 21 nafar mahbus va 2 nafar qamoqxona xodimi oʻldirildi. Bundan tashqari, 5 nafar soqchi ogʻir yarador boʻldi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Tojikiston Oliy sudi Xoʻjand koloniyasida uyushtirilgan isyon tashkilotchilaridan biri Amirali Davlatovni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Ushbu koloniyadagi isyonda ishtirok etgan Amirali Davlatov va 32 nafar boshqa mahkumlar odam oʻldirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida tartibsizlik keltirib chiqarish, sogʻliqqa ogʻir jarohat yetkazish, hukumat vakiliga qarshilik koʻrsatish ayblovi bilan qoʻshimcha 15 yildan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi”, - deya maʼlum qilgan prokuratura vakili agentlikka.

Prokuratura vakilining soʻzlariga koʻra, Xoʻjand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada sodir boʻlgan isyonda ishtirok etganlar ustidan sud jarayoni mart oyida boshlangan va yopiq tarzda oʻtkazilgan. Tergov maʼlumotlariga qaraganda, ular tartibsizliklarga toʻrt oy davomida tayyorgarlik koʻrishgan. Isyon tashkilotchisi rejasiga koʻra, Davlatov oʻsha kecha yaqinlari bilan uchrashishga kelgan mahkumlar xotinlarini garovga olishi kerak boʻlgan. Biroq kutilmaganda chiroq oʻchganligi bois u oʻz rejasini amalga oshira olmagan.

Tojikistonning Xoʻjand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada 2018 yil 8 noyabrda mahbuslar isyon koʻtardi. Isyon oqibatida 21 nafar mahbus va 2 nafar qamoqxona xodimi oʻldirildi. Bundan tashqari, 5 nafar soqchi ogʻir yarador boʻldi. Soʻgʻd viloyati maxsus xizmati xodimlari isyonni bostirishga muvaffaq boʻlgan.

Asosiy mavzular