04:35 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Hodisalar
Havola olish
414 0 0

Samarqandda AQShga ishga bormoqchi boʻlgan ayol firibgar tuzogʻiga ilinib, yirik mablagʻidan ayrildi.

TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Samarqandda AQShga ishga bormoqchi boʻlgan ayol firibgar tuzogʻiga ilinib, yirik mablagʻidan ayrildi.

IIV xabariga koʻra, 2018 yil sentyabr-noyabr oylarida Pastdargʻom tumanida yashovchi 33 yoshli SH.T.Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek koʻchasida fuqaro 35 yoshli G.S. ismli ayolni AQShga ishga yuborishlikni aytib, undan 35800 AQSH dollarini olgan.  

Qayd etilishicha, u shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, SH.T.qoʻlga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular