Buxorolik politsiyachi qiz Nyu-Yorkda o‘g‘irlikda ayblanmoqda

© Sputnik / Vera Golosova / Mediabankka o‘tishMotosikli politsii na parkovke v Nyu-Yorke.
Motosikli politsii na parkovke v Nyu-Yorke. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu York politsiyasida ishlaydigan 24 yoshli o‘zbekistonlik qiz o‘g‘irlikda ayblanmoqda.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Nyu-Yorkda politsiya xizmatchisi bo‘lgan asli buxorolik 24 yoshli Sadoqat Maqsudova o‘g‘irlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qildi Nyu York Post nashri.

© Nuz.uzSadokat Maksudova
Buxorolik politsiyachi qiz Nyu-Yorkda o‘g‘irlikda ayblanmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Sadokat Maksudova

Maqsudova to‘rt buyumdan iborat 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini to‘lamasdan magazindan chiqib ketayotgan vaqtida xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan, deyilgan xabarda.

Voqea 15-avgust kuni Staten Island savdo majmuasi ichida joylashgan JC Penney qimmatbaho kiyimlar do‘konida sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Maqsudova mayda o‘g‘irlikda ayblanib, xizmatidan vaqtincha chetlatilgan.

Sadoqat Maqsudova 2018-yilning iyul oyida politsiya safiga ishga kirgan edi. U AQShga oilasi  bilan  2009 yilda ko‘chib borgan.

Yangiliklar lentasi
0