TIV: Sankt-Peterburgdagi yong‘inda jarohat olgan o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPojar na progulochnom teploxode v Moskve
Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgdagi sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Sankt-Peterburg shahridagi sham zavodida yong‘in sodir bo‘ldi.

TIV xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi A.O. jarohatlangan.

Goroda Rossii. Surgut - Sputnik O‘zbekiston
TIV Xanti-Mansiyskda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

“Ular I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyish natijasida jarohat olgan hamurtimizning ahvoli og‘ir”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.

Yangiliklar lentasi
0