19:18 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Toshkentda “ZIL” yuk avtomobili yonib ketdi

© MCHS Uzbekistana
Hodisalar
Havola olish
120 0 0

Bektemir tumanidagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi.

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Joriy yil 25 avgust kuni soat 19:11 da Toshkent shahri Bektemir tumani Oxangaron shox koʻchasida joylashgan “Gulsara Lyuks” MCHJga qarashli Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, voqea joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari yuborilgan. Boʻlinmalar voqea joyiga soat 19:15 da yetib borgan va yongʻin soat 19:24 da bartaraf etilgan. Yongʻinni keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Yongʻin oqibatida AGTKSH hududida “ZIL” rusumli yuk avtomobilining motor va salon qismlari yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular